Ko'p so'raladigan savollar
Hammasi bir joyda.
Challenge, savdo, to'lov va mukofotlar haqida javoblar.
Asosiy
Platforma qanday ishlashi haqida batafsil ma'lumotni qayerdan olaman?
Barcha shartlar Β«QoidalarΒ» sahifasida, boshqa savollar to'liq FAQ sahifasida. Javob topilmasa, Telegram botimiz orqali yozing β tez javob beramiz.
Qanday to'lov usullari bor?
USDT, BEP20 (BNB Smart Chain) tarmog'i orqali. Narx USD'da, to'lov sahifasida aniq summa, manzil va qolgan vaqt ko'rsatiladi. Chegirma uchun promo-kod yoki DIP tokenlardan birini ishlatish mumkin β ikkalasi birga qo'llanmaydi.
Nega challenge uchun to'lashim kerak?
To'lov baholash, platforma va ma'lumotlar xarajatlarini qoplaydi. Siz o'z kapitalingizni xavf ostiga qo'ymaysiz: eng ko'p yo'qotishingiz β challenge narxi. Har bir challenge uchun DIP token bonus olasiz va keyingi challenge'ni arzonroq sotib olasiz.
Challenge davomida qaysi qoidalarga amal qilishim kerak?
Classic: maqsad +8% β +8%, kunlik zarar β5%, maksimal zarar β7%. Express: maqsad +7%, kunlik β3%, maksimal β5%. Classic Dip Trader: kunlik β4%, maksimal β6%. Dip Trader avval maqsadni bajaradi (Classic +8%, Express +7%), so'ng hisob boshlang'ich hajmga qaytadi va payout uchun savdo qilinadi. Har bosqichda kamida 5 savdo kuni, faqat spot long, muddat cheklovi yo'q.
Zarar limitidan oshib ketsam nima bo'ladi?
Hisob yopiladi va challenge tugaydi. Kunlik zarar himoyasi bilan birinchi kunlik buzilishda hisob yopilmaydi; Second Chance bilan esa xuddi shunday yangi challenge bepul ochiladi. Boshqa holatlarda kunlik yoki umumiy limit bilan yopilgan hisob uchun 48 soatlik β25% qayta boshlash kuponi beriladi.
Pozitsiyalarni hedge qilsam bo'ladimi?
Yo'q. Savdo faqat spot long β short yo'q. Bir yoki bir necha kishining hisoblari orasida qarama-qarshi savdo ham taqiqlangan.
Kunlik va maksimal zarar qanday hisoblanadi?
Kun 00:00 UTC da boshlanadi. Kunlik limit kun boshidagi balans va equity'ning kattasidan hisoblanadi. Maksimal zarar β eng yuqori qiymatdan qat'iy summa: chegara har kuni 00:00 UTC da yangilanadi, ochiq zarar doim hisobga kiradi.
Boshqa savollar
Dip Funded nima?
Spot savdo bo'yicha baholash dasturi: kripto juftliklar yoki AQSh aksiyalari (US Stocks, tokenlashgan). Siz virtual hisobda real bozor narxlarida savdo qilasiz; qoidalar ichida foyda maqsadiga yetsangiz, Dip Trader maqomini va natijangiz uchun mukofot olasiz.
Real pul bilan savdo qilamanmi?
Challenge bosqichlari β baholash: savdo virtual hisobda, real bozor narxlarida bo'ladi. Dip Trader bo'lganingizdan keyin esa natijangiz real pul bilan mukofotlanadi: foydangizning 80β90% qismi USDT'da hamyoningizga to'lanadi.
DIP token nima?
Har bir pullik challenge uchun to'lovning 8% i DIP bonus bo'lib qaytadi β tarif qancha katta bo'lsa, DIP shuncha ko'p ($10K Classic: 792 DIP, $100K: 5,592 DIP; 1,000 DIP = $10). To'plangan DIP'ni keyingi xaridda darhol ishlatib, challenge narxining 50% gachasini to'lashingiz mumkin. DIP β ichki bonus: pulga almashtirilmaydi va boshqaga o'tkazilmaydi. Challenge to'lovi qaytarilmaydi.
Muddat cheklovi bormi?
Yo'q. Faqat minimal savdo kunlari bor: Classic'da har bosqichda 5 kun, Express'da 5 kun.
Qaysi juftliklarda savdo qilish mumkin?
Kripto challenge'da β likvidligi yuqori USDT juftliklarida (24/7). US Stocks challenge'da β tokenlashgan AQSh aksiyalarida (Apple, Tesla, NVIDIA va boshqalar). Har ikkisida faqat spot long: leverage va short yo'q.
Mukofot qachon to'lanadi?
Payoutni Dip Trader maqomiga o'tgandan 14 kun keyin so'rashingiz mumkin (Fast Payout opsiyasi bilan β 7 kun). Har bir Dip Trader hisobidan 3 ta payout olinadi: har keyingisini oldingisidan yana shuncha kun keyin so'raysiz. Tasdiqlangan payout 48 soat ichida yuboriladi, kechiksa +10%.
Payoutni necha marta olish mumkin?
Har bir Dip Trader hisobidan 3 marta. Birinchi va ikkinchi payoutdan keyin hisob tekshiruvga o'tadi va savdo to'xtaydi: natijaga ko'ra hisob davom ettiriladi, yopiladi yoki 1-bosqichdan qayta boshlanadi. Uchinchi payoutdan keyin hisob yakunlanadi. Ulushingiz qat'iy 80%; Profit Split 90% opsiyasi bilan β 90%. So'rov rad etilsa, hisob qayta ochiladi.
Dip Trader hisobi doimiy saqlanadigan depozitmi?
Yo'q. Dip Trader hisobi β virtual baholash hisobi, doim saqlanib turadigan depozit yoki sizga tegishli pul emas. Undagi balansni yechib olib bo'lmaydi: siz faqat qoidalar asosida foydadan ulushingizni payout sifatida olasiz. Oxirgi payoutdan keyin yoki qoidalar buzilsa hisob yopiladi va undagi virtual balans to'lanmaydi.
Savdo komissiyasi qancha?
Har bir xarid va sotuvdan 0.4% komissiya olinadi (bitta to'liq savdo β taxminan 0.4% Γ 2). Market buyurtmalarda qo'shimcha 0.05% slippage bor, limit buyurtmalarda yo'q. BTC va ETH'ga hisobning 100% gacha, boshqa tangalarga 50% gacha kiritish mumkin.
Opsiyalar, bonuslar va chegirmalar
Turnir nima va qanday qatnashaman?
Har 2 haftada turnir o'tkaziladi. Istalgan pullik challenge xarid qilsangiz, joriy yoki navbatdagi turnirga bepul qo'shilasiz (bitta foydalanuvchiga bitta turnir hisobi). Hamma bir xil $10 000 virtual hisob bilan, kunlik β5% va maksimal β7% limitlari bilan savdo qiladi. Eng yuqori foyda % ko'rsatgan 3 kishi Dip Trader hisobini oladi: $100 000, $50 000 va $25 000. Reyting Β«TurnirΒ» sahifasida.
Qanday qo'shimcha opsiyalar bor?
Xarid sahifasida tanlanadi, narxi challenge'ning ro'yxat narxiga foiz sifatida qo'shiladi: Kunlik zarar himoyasi (+20%), Profit Split 90% β foyda ulushi doim 90% (+20%), Fast Payout β payout har 7 kunda (+25%), Second Chance β limit bilan yopilsa bepul yangi challenge (+50%). Opsiyalar faqat o'sha hisob uchun ishlaydi, narxi qaytarilmaydi, promo-kod va DIP chegirmasi ularga qo'llanmaydi.
Second Chance qanday ishlaydi?
Agar challenge bosqichida hisob kunlik yoki maksimal zarar limiti bilan yopilsa, xuddi shu dastur, hajm va bozor bo'yicha yangi challenge avtomatik va bepul ochiladi. Bu bir marta ishlaydi; yangi hisob 1-bosqichdan va qo'shimcha opsiyalarsiz boshlanadi. Dip Trader bosqichida va qoidabuzarlik uchun yopilganda ishlamaydi.
Kunlik zarar himoyasi nima?
Xarid paytida qo'shiladigan opsiya, narxi challenge narxining 20% i. Kunlik zarar limitiga birinchi marta yetsangiz, hisob yopilmaydi: ochiq pozitsiyalar va limit buyurtmalar yopiladi, o'sha kuni savdo to'xtaydi va ertasi kuni 00:00 UTC dan davom etadi. Himoya hisobga bir marta ishlaydi.
Himoya maksimal zarar limitini ham qoplaydimi?
Yo'q. Himoya faqat kunlik limitga tegishli. Maksimal (umumiy) zarar limiti buzilsa yoki kunlik limit ikkinchi marta buzilsa, hisob odatdagidek yopiladi. Himoya narxi qaytarilmaydi va promo-kod yoki DIP chegirmasiga kirmaydi.
Static max loss nima?
Max loss turi xaridda tanlanadi. Trailing (standart): maksimal zarar chegarasi eng yuqori balansdan hisoblanadi va foyda bilan yuqoriga siljiydi. Static (+70%) β alohida shartlar: har bosqichda foyda maqsadi +7%, kamida 4 savdo kuni, kunlik zarar β6% va maksimal zarar β8%. Ikkala limit ham boshlang'ich hajmdan qat'iy summa: masalan, $10,000 hisobda kuniga ko'pi bilan $600 yo'qotish mumkin, maksimal zarar chegarasi esa doim $9,200 va foyda bilan siljimaydi. Dip Trader bosqichida ham shu limitlar, maqsad +7%.
Promo-kod va DIP'ni birga ishlatsam bo'ladimi?
Yo'q, bitta xaridda ulardan faqat bittasi qo'llanadi. DIP tanlansa promo-kod bekor bo'ladi, promo-kod kiritilsa DIP o'chadi β qaysi biri foydaliroq bo'lsa, shuni tanlang. DIP bilan challenge narxining 50% gachasini to'lash mumkin.
Hisobim yopilsa, qayta boshlash uchun chegirma bormi?
Ha. Hisob kunlik yoki maksimal zarar limiti bilan yopilsa, shu dastur uchun β25% shaxsiy kupon email va Telegram orqali yuboriladi. Kupon bir martalik, 48 soat amal qiladi va xarid sahifasida o'zi qo'llanadi. Qoidabuzarlik uchun yopilgan hisoblarga va Second Chance bilan bepul yangi challenge olgan hisoblarga kupon berilmaydi.
Buyurtma yaratib, to'lamasam nima bo'ladi?
Hisob faqat to'lov tasdiqlangandan keyin ochiladi. To'lov sahifasidagi taymer tugasa, buyurtma muddati o'tadi β istalgan vaqtda yangisini yaratishingiz mumkin. To'lanmagan buyurtma haqida bir soatdan keyin bitta eslatma yuboramiz.
Yakuniy qoidalar Foydalanish shartlarida belgilanadi. Qoidalar β Β· Misollar bilan β